22.11.2022 yildagi 664-son
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi 60-son Farmoniga va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son hamda “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining (keyingi o‘rinlarda — Maslahatchi) funksional vazifalarini belgilaydi.
3. Maslahatchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, shuningdek, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi va “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining respublika manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
15. Maslahatchining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son, “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarori doirasida yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, eng avvalo, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning boshqa qattiq turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish maqsadida geologiya tarmog‘ini va geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari, asbob-uskunalari va usullarini joriy etish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5197-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 13-yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturlari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish hisobiga foydali qazilmalar konlarini o‘zlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga muvofiq foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxirasi va resurslari o‘z vaqtida ko‘payishi bo‘yicha chora-tadbirlarning natijadorligini tizimli tahlil qilgan holda yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni talablaridan kelib chiqib daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiya avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublika obyektlarining radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlash;
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi 60-son Farmoni doirasida 2022 — 2026-yillarda respublikada kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirilishini tahlil qilib borish;
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qarori doirasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tashkil etilgan Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifasini bajarish hamda Maxsus komissiya yig‘ilishlarida “yo‘l xaritasi” va qarorda berilgan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi muhokama qilinishini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishlar va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi va “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga suvsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
14. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi nizomga. ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maslahatchining topshiriqlariga. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Departamentning ish rejasi, Departament bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.